1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda 9 kishining hayoti saqlab qolindi

Buxoroda ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in tutuni tufayli pastki qavatdagi aholi evakuatsiya qilindi.

Buxoroda 9 kishining hayoti saqlab qolindi

 

8-iyul kuni soat 16:47 da Buxoro viloyati, Buxoro shahri “A. G‘ijduvoniy” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yer to‘lasida yong‘in yuz bergani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, ular soat 16:51 da yetib borgan va yong‘in soat 17:03 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer to‘lada taxminan 20 kvadrat metr maydonda chiqindilar yonib ketgan. Yong‘in natijasida binoning kirish eshigi va yo‘laklari tutun bilan to‘lgan.

 

Shu sababli, 1–3-qavatlarda yashovchi 9 nafar fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

 

Yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика