1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollardan ortiq yordam ajratdi

Buyuk Britaniya Afg‘oniston bilan chegaradosh respublikalarga 30 million funt-sterling (41.5 million dollar) miqdorda yordam beradi. Bu mablag‘ qochqinlar uchun lager va sanitar-texnik inshootlar qurish maqsadida ishlatiladi.

Buyuk Britaniya afg‘on qochqinlari uchun 40 million dollardan ortiq yordam ajratdi

 

Maʼlum bo‘lishicha, 10 million funt-sterling ($14 mln) darhol gumanitar tashkilotlar, xususan, BMT qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy Komissari boshqarmasiga o‘tkazib beriladi. Qolgan 20 million funt ($28 mln) minglab afg‘on qochqinlarining asosiy oqimini qabul qilayotgan davlatlar — O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va Pokistonga yordam sifatida taqdim etiladi.

 

Biz Afg‘onistondan qochganlarga yordam berishimiz muhim. Inqiroz mintaqa barqarorligiga zarar yetkazmasligi kerak. Shu sababli, bu mablag‘larni berish maqsadga muvofiq. Ushbu pullar hamma narsani tashlab chiqqan afg‘onlarni zaruriy vositalar bilan taʼminlashga yordam beradi. Bu ularga boshpana va sanitar inshootlarini taqdim etadi”, degan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

 

So‘nggi vaqtlarda Yevropa davlatlari Afg‘oniston qochqinlariga mablag‘ ajratmoqda. Joriy yilning 3 centyabr kuni  “Financial Times” Markaziy Osiyo davlatlari kochqinlarni qabul qilgan taqdirda mintaqa mamlakatlariga 600 million yevro ajratishini maʼlum qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad –– Yevropada navbatdagi migratsion inqirozning oldini olishdir.

 

Afg‘oniston qo‘shnilari ham  qochqinlarni qabul qilishni istamayapti. Masalan, Pokiston shu yil 2 sentyabrda afg‘on migrantlarini kiritmasligini maʼlum qildi. Hozirda Pokistonda ularning soni 3.5 million kishidan ortiq. Eron va Turkiya ham shu pozitsiyada.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq minglab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga uyidan joy bermoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика