Buyuk Britaniya Ukrainaga navbatdagi M270 reaktiv tizimlarini yetkazib berdi. bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov o‘z “Twitter” sahifasida maʼlum qildi.
“Buyuk Britaniya vaʼda berdi va bajardi! Mudofaa vaziri Ben Uolles va butun Britaniya xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ajoyib va Ukraina xalqi uchun muhim. Armiya bu zaxiralarni jang maydonida o‘rinli qo‘llayapti”, – degan vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tez orada “boshqa sovg‘alar” ham yetib keladi.
Maʼlumot o‘rnida: M270 AQSHning HIMARS tizimlarining analogi bo‘lib, bir daqiqa ichida “yer-yer” tizimidagi 12 raketa otishi mumkin. u 80 kilometr masofaga uchib boradi.
Avvalroq Shvetsiya o‘z hududida Ukraina uchun qurol ishlab chiqarish istagini bildirgandi.


