1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniya migrantlarni GPS orqali kuzatmoqchi

Boris Jonson bu loyihani maʼqullagan.

Buyuk Britaniya migrantlarni GPS orqali kuzatmoqchi

 

Buyuk Britaniyada migrantlar harakati GPS (Global Positioning System) orqali kuzatiladi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi bu bo‘yicha pilot loyihani tayyorlamoqda.

 

Unga ko‘ra, maxsus qurilma orqali migrantlar bilan doimiy aloqa o‘rnatiladi. Bundan tashqari, migratsion markazlar tartibini  buzgan shaxslar haqida maʼlumotlar to‘plab boriladi.

 

Yangi mexanizm orqali tartibni buzganlarga ko‘chaga chiqish, alohida joylarga tashrif buyurishni taqiqlashi, shuningdek, ularni qo‘lga olish mumkin bo‘ladi. Pilot loyiha ishtirokchilari soni ochiqlanmagan.

 

Ushbu harakatlar bosh vazir Boris Jonson tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

“Buyuk Britaniya juda mehmondo‘st davlat, men bu bilan faxrlanaman. Ammo bizning qonunlarimizni buzib, mamlakatimizga noqonuniy kirib kelayotganlarni aniqlash muhim. Bu bizning Ruanda yo‘nalishidagi siyosatimizga ham mos keladi”, – degan u.

 

O‘z navbatida Buyuk Britaniya qochqinlar masalasi bo‘yicha kengash ijrochi direktori Anvar Solomon ushbu qarorni tanqid qildi.

 

“Britaniya hukumatining urush, xunrezliklardan qochgan odamlar bilan jinoyatchilardek munosabatda bo‘lishi dahshatli”, – deb qayd etgan u.

 

Avvalroq Buyuk Britaniyada Markaziy Osiyolik ishchilar qulupnay yetishtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика