1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiya Polshaga askarlarini yuboradi

Chexiya askarlari qo‘shnilariga chegara to‘sig‘i va kirish yo‘llarini qo‘riqlashda yordam beradi.

Chexiya Polshaga askarlarini yuboradi

 

Polsha va Belorus chegarasidagi migratsiya inqirozi fonida Varshava hukumati Praga taklif qilgan yordamni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Ceske Noviny nashri Chexiya mudofaa vazirligiga tayangan holda xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Polshaning rasmiy roziligidan so‘ng, tomonlar Chexiya qo‘shni davlatga aynan qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qildi.

 

O‘z navbatida, Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak chex askarlari polshaliklarga, eng avvalo, chegara to‘sig‘i va kirish yo‘llarini qo‘riqlashda yordam berishi mumkinligini aytdi.

 

Avvalroq, Belorus rasmiylari g‘arbga nisbatan sanksiyalar tayyorlayotgani xabar qilingan edi. Bu Yevroittifoqga javob qadami bo‘ladi.

 

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining qochqinlar borasidagi g‘oyalari puchga chiqgani to‘g‘risida xabar qilgandik.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика