1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Belorus G‘arbga qarshi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Bu Yevropa Ittifoqining harakatlariga qarshi javob bo‘ladi.

Belorus G‘arbga qarshi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

 

Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Minsk yaqin kunlarda G‘arbga qarshi iqtisodiy sanksiyalar paketini qabul qilishini aytdi.

 

“Biz mamlakatimizga nisbatan qo‘llanilgan cheklovchi harakatlarga qarshi iqtisodiy javoblar paketini tayyorladik”, — dedi Golovchenko.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxat ancha katta bo‘ladi. Belorus boshqa tomonning ehtiyotkorligiga tayanib, qatʼiy javob choralarini qo‘llashni bir necha bor kechiktirgan, ammo endi boshqa iloji yo‘q. Shuningdek, u G‘arbning so‘nggi sanksiyalar paketi hayratlanarli ekanligini, ularni tayyorlayotgan odamlarning professionalligiga shubhasi borligi taʼkidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb tomonidan sanksiyalar joriy etilishi birinchi navbatda, noqonuniy, ikkinchidan, bundan oddiy fuqarolar va korxonalar zarar ko‘rmoqda.

 

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Belorusga qarshi beshinchi sanksiyalar paketini tasdiqlagan edi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика