1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chiroqchi tuman hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Chiroqchi tuman hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qo‘l ko‘tardi. 

 

Videoga izoh beruvchiga ko‘ra, tuman hokimi avvaliga tandirni tepgan va so‘ngra IIB xodimlari yonida turgan fuqaroga tarsaki tushirgan. 

 

Tuman hokimligi matbuot xizmati holat haqida o‘zlarida ham aniq maʼlumot yo‘qligini bildirib, ayni paytda yig‘ilish o‘tkazilayotganini maʼlum qilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzulla Yusupov viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini bajarayotgan paytda xodimini “mol”, “eshak” deya haqoratlab, jamoatchilik eʼtiboriga tushgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика