1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

COVID-19 ga qarshi yangi dori vositasi ishlab chiqariladi

Yevropa tibbiyot agentligi “Xevudy” preparatini tasdiqladi.

COVID-19 ga qarshi yangi dori vositasi ishlab chiqariladi

 

European Medicines Agency tomonidan berilgan bayonotda aytilishicha, GlaxoSmithKline va Vir Biotechnology kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan "Xevudy" preparati 12 yoshdan oshgan va 40 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.


Bundan tashqari, uni kasallik kuchayishi xavfi va kislorodli terapiyaga muhtoj bo‘lmagan bemorlarda ham qo‘llash kerakligi ta’kidlangan.


Ushbu ma’qullash bilan EMA noyabr oyida tasdiqlangan Regkirona va Ronapreve'dan keyin COVID-19 ni davolash uchun uchinchi dorini tavsiya qildi.

 

Avvalroq olimlar tomonidan koronovirusning tarqalishini oldini oluvchi saqich yaratilganligi xabar qilingandi.

 

Shuningdek, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti dunyoda COVID-19‘ga qarshi emlash uchun shprislar global tanqisligi yuzaga kelishi mumkinligini ma'lum qilgan.

 

Javohirbek Tursunov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика