1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Daniyada harbiy xizmat ayollar uchun ham majburiy bo‘ladi

09:56 / 26.03.2025

289

Daniyada harbiy xizmat ayollar uchun ham majburiy bo‘ladi

Daniyada harbiy xizmat ayollar uchun ham majburiy bo‘ladi

Endilikda harbiy xizmat muddati uzaytirildi va ayollar ham chaqiriladi.

 

Daniya 2026-yildan boshlab ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmatni joriy qiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen ma’lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan keyin 18 yoshga to‘ladigan daniyaliklar harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. Avval majburiy harbiy xizmat faqat erkaklar uchun edi, biroq amalda aksariyat chaqiriluvchilar xizmatga ko‘ngilli ravishda borardi.

 

Shuningdek, 2026-yil avgustidan boshlab Daniyada harbiy xizmat muddati to‘rt oydan o‘n bir oygacha uzaytiriladi.

 

Shu tariqa, Daniya Yevropa Ittifoqida ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qilgan ikkinchi davlatga aylanadi. Shvetsiyada bunday tizim 2017-yildan beri amal qiladi. NATOga a’zo bo‘lib, biroq Yevropa Ittifoqiga kirmagan Norvegiyada ham ayollar harbiy xizmatni o‘tashlari shart.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика