Ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada Nankay yorig‘i hududida yirik zilzila sodir bo‘lsa, 298 ming kishi halok bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga yetkaziladigan zarar 1,81 trillion dollarga yetishi taxmin qilinmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 8-9 ball atrofida bo‘lishi mumkin. Kuchli yer osti silkinishlaridan so‘ng Yaponiyaning sharqiy sohillariga balandligi 3 metrdan oshuvchi sunami to‘lqinlari kelishi kutilmoqda.
Rasmiylar ushbu xavfga qarshi zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishga chaqirib, aholiga tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilmoqda.


