1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Davlat boshqaruvlarida qarindosh-urug‘chilikka chek qo‘yilishi mumkin

Agar bu tartibga amal qilinmasa BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Davlat boshqaruvlarida qarindosh-urug‘chilikka chek qo‘yilishi mumkin

 

Ayni vaqtda nepotizm (qarindosh-urug‘chilik)ning oldini olish va unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

 

Loyihada o‘zaro yaqin qarindosh (to‘g‘ri shajara) va quda-andalar, yon qarindosh (yon shajara) hamda qarindoshlik rishtasiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tuzilmalarida birga xizmat qilishni taqiqlash, bunday holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda esa javobgarlikka tortilish taklif etilmoqda. 

 

O‘zaro yaqin, yon yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega, shuningdek, quda-anda bo‘lgan shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalardan birida ishlasa bu haqida ish beruvchiga maʼlumot berishi zarur. Yaʼni ish faoliyatida ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi haqida maʼlum qilishi talab etiladi. Agar bu tartibga amal qilinmasa BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

 

Bundan tashqari, agar shunday hol kuzatilsa, yaʼni biri ikkinchisiga bo‘ysinuvchi tashkilotlarda ishlovchilar orasida qarindoshlar borligi maʼlum bo‘lsa va bundan ish beruvchi ham xabardor bo‘lsa, o‘sha vaqtdan boshlab mazkur xodimlarni ishlab kelgan ishiga, lavozimiga teng boshqa ish yoki lavozimga o‘tkazish choralari ko‘rilishi majburiydir. Agar bu tartib buzilsa BHMning yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun: jamoatchilik muhokamasi 2021-yil 30-noyabrga qadar davom etadi.

 

Avvalroq byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 38 nafar amaldorga intizomiy chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика