Didye Desham jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqida "LʼEquipe" nashri xabar bermoqda.
Desham bu haqida bugun rasman e’lon qilishi kutilmoqda. 56 yoshli mutaxassis bu qarorni bir necha oy oldin qabul qilgan, biroq endi buni aytish vaqti kelganini ma'lum qilgan.
Desham Fransiya milliy jamoasini 2012-yildan buyon boshqaradi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2018 va Millatlar Ligasining 2021/22-yilgi mavsumida g‘olib chiqqan, shuningdek, Yevro-2016 va JCH 2022da kumush medal sohibiga aylangan.
Eslatib o'tamiz, 2026-yilgi jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.


