Kataloniyaliklar vaziyatni qayta boshlash va ushbu masala bo‘yicha uchrashuv belgilash maqsadida o‘yinchining agenti Mussa Sissoko bilan aloqaga chiqdi.
Dembelening o‘zi “Barselona” bosh murabbiyi Xavi qo‘l ostidagi ishdan mamnun, ispan mutaxassisining o‘zi ham fransuz o‘yinchisiga ko‘proq eʼtiborini qaratmoqda.
“Ko‘k-anorranglilar”ning ko‘plab aʼzolari ham Usmonning jamoada qolishini xohlashadi.Muzokaralarning tez orada davom ettirilishi kutilmoqda.
Dembele joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta assist qayd etdi.
Avvalroq, Guedes "Valensiya"ni tark etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.


