1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dmitriy Kuleba: Bizga hamon qurol yetishmayapti

U G‘arbdan harbiy yordamni tezroq yetkazib berishni so‘ragan.

Dmitriy Kuleba: Bizga hamon qurol yetishmayapti

 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyevga hamon qurol yetishmayotganini maʼlum qildi. U hamkor davlatlardan yetkazib berishni tezlashtirishni so‘ragan.

 

“Ukrainada barcha zarur qurollar bor deyishga hali erta”, – deb yozgan diplomat Twitter sahifasida. U ittifoqchilardan reativ tizimlar, uzoqqa otadigan artilleriya va zirhli mashinalar yetkazib berishni ko‘paytirishni so‘ragan.

 

Bundan oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davos iqtisodiy forumida ukrainaliklar Rossiya armiyasiga nisbatan 20 baravar kam texnikaga egaligini aytgandi.

 

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri 1 millionlik armiya tuzilishini maʼlum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика