1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dmitriy Kuleba Germaniya hukumatidan nolidi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Berlinga bir necha talab qo‘ydi.

Dmitriy Kuleba Germaniya hukumatidan nolidi

 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning fikricha, Germaniya Kiyevni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamayapti. Bu haqda diplomat Stern nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

 

“Germaniya iqtisodiyotini qurbon qilishdan xavfsiramoqda. Bilasizsmi? Biz haqiqiy qurbonlikka boryapmiz. Biz odamlarni yo‘qotyapmiz. Urush davom etar ekan, sizning davlatingiz ko‘p narsa qilishi kerak”, — degan u. 

 

Vazir, shuningdek, nemis hukumatidan Moskvadan import qilish, o‘z portlari orqali Rossiya tovarlari eksportini to‘xtatish, barcha rus banklarini SWIFT tizimidan uzishni hamda Rossiya gaz, neft va ko‘miridan voz kechishni talab qilgan. 

 

Shu bilan birga, Kuleba shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlar haqida gapirgan. Unga ko‘ra, diplomat bir joyda ikki kundan ortiq ishlamaydi va doimiy ravishda turarjoyini o‘zgartirib turadi. 

 

“Yomon uxlayapman. Tun davomida ikki-uch marta uyg‘onaman. Havo trevogasi tufayli”, — degan u.

 

Avvalroq Putin gaz masalasida Makronga shart qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика