1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda har o‘ninchi bola ishlashga majbur bo‘lmoqda — BMT

Tashkilot bolalar mehnatiga butunlay barham berish eng ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.

Dunyoda har o‘ninchi bola ishlashga majbur bo‘lmoqda — BMT

 

BMT tashkilotining maʼlum qilishicha, dunyoda har o‘ninchi bola ishlashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bolalar mehnatidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligida foydalaniladi – 112 million voyaga yetmagan qishloq xo‘jaligida ishlaydi. Bu jami holatlarning 70 foizini tashkil etadi. Bolalarning aksariyati ferma va plantatsiyalarda, ko‘p hollarda hayot uchun xafvli bo‘lgan sharoitlarda mehnat qiladi.

 

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuyning maʼlum qilishicha, 2025 yilga kelib bolalar mehnatiga butunlay barham berish BMT ning Barqaror rivojlanish dasturining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Ammo bunga erishish uchun juda kam – 4 qishloq xo‘jalik mavsumi qoldi.

 

Dunyuy qashshoqlik va bolalar mehnatini, ayniqsa, qishloq joylarida yo‘q qilishga chaqirdi. Buning uchun 2025 yilga qadar samarali harakat qilish kerak va davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanishi zarur.

 

2021 yilda BMT tomonidan bolalar mehnatiga barham berish yili deb eʼlon qilingan.

 

Maʼlumot o‘rnida: O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda majburiy va bolalar mehnati butunlay tugatildi. Hozirda bu xalqaro darajada eʼtirof etilmoqda.

 

Bundan avval BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi Ilon Maskni ochlikka qarshi kurashda yordam berishga chaqirgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика