Joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar — avgust oylarida 1452 obyekt xatlov qilindi, 174 ta tungi reyd tadbiri o‘tkazilib, 281 ta qonun buzilish holati aniqlangan. 154 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 20 ta obyekt faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida sudga ariza kiritilgan, 179 ta qonun buzilish holati bartaraf etilgan. Shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatilgan.
2025 yilda yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va boshqa 1–2-toifaga mansub 60 ta korxona tomonidan 200 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Har yili ikki bosqichda o‘tkaziladigan “Toza havo” oyligining birinchi bosqichida (10 aprel – 10 may) Toshkentda 40 050 ta avtotransport vositasi tekshirilgan. Ularning 586 tasida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meʼyordan ortiqligi aniqlanib, belgilangan tartibda kamchiliklar bartaraf etilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida atmosferaga 4,7 ming tonna zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olingan.


