1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda avariyaga uchragan mashina yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkentda avariyaga uchragan mashina yonib ketdi

Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan Gentra rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqida shahar FVB xabar bermoqda. 

 

Qayd etilishicha, soat 00:23 da Uchtepa  tumani Shaftolizor ko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtomobilda yo‘l transport  hodisasi sodir bo‘lib, natijada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:30 da yetib borib, yong‘in soat 00:36 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика