1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ekvadorda loy oqimi barcha joyni vayron qilmoqda

Hozirgacha 24 kishi halok bo‘lgan.

Ekvadorda loy oqimi barcha joyni vayron qilmoqda

 

Ekvador poytaxti Kitoda toshqin va ko‘chki qurbonlari soni 24 kishiga yetdi.

Bu haqda Korrespondent.net maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yana 48 kishi jarohat olgan, 12 nafar inson bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Suv toshqinlari shaharda so‘nggi 20 yil ichida yog‘ingarchilik rekordini yangilaganidan keyin boshlangan.

 

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, bir nechta hududlarda suv to‘plangan, shundan so‘ng loy va toshli oqim paydo bo‘lgan. U yo‘ldagi mashinalarni supurib tashladi, uylarni suv bosdi elektr ustunlarini qulatdi. Natijada Kito shahrining bir qismi elektr energiyasiz qoldi.

 

Rasmiylar jabrlangan oilalar uchun boshpana tayyorlab, shahar ko‘chalarini tozalashga kirishgan. Qutqaruv guruhlari loyga botgan uylar va ko‘chalarda qolib ketganlarni qidirishda davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

 

Avvalroq Yevropaga kuchli to‘fon zarba bergani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика