1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Eldor Shomurodov Rimda bo‘lib o‘tgan xayriya tashabbusida ishtirok etdi

O‘zbekiston futbol terma jamoasi va Italiyaning  “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rimdagi bolalar shifoxonasiga keldi.

Eldor Shomurodov Rimda bo‘lib o‘tgan xayriya tashabbusida ishtirok etdi

 

O‘zbekistonlik hujumchi u yerda "Roma Cares" xayriya tashabbusi doirasida  bemorlar bilan uchrashdi. O‘sha kuni Italiyada o‘yinchoqlar kuni nishonlangani sababli Shomurodov ham quruq qo‘l bilan bormadi. U bemorlarga o‘yinchoqlar va gadjetlar sovg‘a qildi. Bolalar Shomaga keyingi o‘yinlarda omad tiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga hammualliflik qildi.

 

Avvalroq Shomurodov “Roma” bilan 5 yillik shartnoma imzolagani so‘ngra futbolchi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilgani hamda futbolchida psixologik muammolar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshid Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика