1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Elektr energiyasi tanqisligiga nima sabab bo‘layotgani ochiqlandi

Joriy yilda suv tanqisligi tufayli mamlakatimiz gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi.

Elektr energiyasi tanqisligiga nima sabab bo‘layotgani ochiqlandi

Bu esa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.  

 

GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ehtiyojni to‘liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligiga olib keldi.

 

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra,  2019 yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.

 

Mazkur 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi isteʼmolchilarini 1 oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin.

 

Joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to‘planmagani nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni respublikalarda ham kuzatilmoqda.  Shuningdek,  mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2017-2020 yillar davomida 2 mingta mahalladagi 1,7 milliondan ortiq isteʼmolchining elektr taʼminoti yaxshilangani hamda O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshirilgani  haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика