
Unda keltirilishicha, mazkur yutuq mahalliy mutaxassislarning izlanishi natijasi bo‘lib, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinmagan.
AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarilib, fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Hozirda zavod ushbu mahsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” sertifikati bilan ishlash jarayonini davom ettirmoqda.

Benzinning bu turi, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha bo‘lgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonasiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi. Shuningdek, tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytirib, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Maʼlumot o‘rnida: Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashgani hamda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


