1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Entoni Blinken: “Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish zarur”

AQSH va Germaniya tashabbusi bilan Afg‘oniston bo‘yicha virtual uchrashuv tashkil etildi. Unda 22 davlat Tashqi ishlar vazirlari, NATO, BMT va Yevropa Ittifoqi vakillari qatnashgan.

Entoni Blinken: “Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish zarur”

 

 

Unda O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etgan. Vazir o‘z nutqida Afg‘oniston uchun mojarolardan keyingi strategiyani ishlab chiqish, jumladan, uning iqtisodiyotini tiklash, mamlakatning mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligiga eʼtibor qaratgan.

 

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish bo‘yicha jahon hamjamiyatini birgalikda harakat qilishga chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tuzilgan afg‘on hukumati bo‘yicha barcha davlatlar pozitsiyasi bir xil. Shu bilan birga barcha mamlakatlar Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolish tarafdori ekanligi maʼlum qilingan.

 

Blinken toliblardan chet elliklar va mamlakatni tark etish istagida bo‘lgan afg‘onlarni xavfsiz chiqib ketishi taʼminlanishini talab qilgan. Shuningdek, inklyuziv hukumat tuzishga harakat qilish zarurligi taʼkidlangan.

 

Davlat departamenti rahbari Afg‘oniston xalqlari huquqini himoya qilish maqsadida AQSH bundan buyon ham iqtisodiy, diplomatik va siyosiy vositalardan foydalanishda davom etishi”ni qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Afg‘oniston Islom jamiyati” partiyasi  “Tolibon”ning yangi hukumati mamlakatdagi inqirozni yana-da chuqurlashtirishi mumkinligini aytgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика