1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Epshteyn ishi bo‘yicha eʼlon qilingan hujjatlarda Zelenskiy nomi ham uchradi

Yozishmalarda 2019-yilgi Ukraina prezidentlik saylovlari muhokama qilingan.

Epshteyn ishi bo‘yicha eʼlon qilingan hujjatlarda Zelenskiy nomi ham uchradi

 

Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda ayblangan Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha eʼlon qilingan yangi hujjatlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda 2019-yilgi Ukraina prezidentlik saylovlari tilga olingani aniqlandi. Bu haqda materiallarni o‘rgangan RBC xabar berdi.

 

Yozishmalarda 2019-yilda Ukrainada bo‘lib o‘tgan saylov jarayoni muhokama qilingan bo‘lib, suhbat ishtirokchilaridan biri Vladimir Zelenskiyning davlatni boshqarish qobiliyatiga shubha bildirgan. Xabarlardan birida avvalgi prezident Petro Poroshenkoga Rossiya munosabati qayd etilib, Zelenskiyning siyosiy salohiyati borasida ehtiyotkor fikrlar bildirilgan.

 

Mazkur yozishmalar mualliflarining shaxsi AQSH Adliya vazirligi tomonidan oshkor etilmagan. Qayd etilishicha, bu hujjatlar Epshteyn ishi bo‘yicha yaqinda eʼlon qilingan yirik materiallar to‘plamining bir qismi hisoblanadi.

 

30-yanvar kuni AQSH Adliya vazirligi tomonidan Epstein ishi doirasida 3 million sahifadan ortiq hujjatlar, shuningdek, 2 mingdan ziyod video va 180 mingdan ortiq fotosuratlar jamoatchilikka taqdim etilgan. Ayrim materiallarda jabrlanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari tahrirlangan.

 

Hujjatlarda, shuningdek, turli davlatlar va siyosiy doiralarga oid nomlar uchraydi. Ayrim materiallarda Rossiyaga aloqador jamoat arboblari, shuningdek, sobiq sovet hududidan bo‘lgan shaxslar haqida ham qaydlar mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика