Turkiya dunyodagi eng kuchli armiyani yaratadi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog‘an maʼlum qildi.
“Biz armiyani dunyodagi eng kuchlisiga aylantirmaguncha mustahkamlashda davom etamiz. Ayniqsa,qurolli kuchlarning tiyib turish salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat beramiz”, – degan u.
Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ayrim sohalarda kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, armiya muvaffaqiyatlarga erishishda davom etyapti. Bu ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashda namoyon bo‘lmoqda.
"Terrorizmga qarshi kurash bu tahdid butunlay yo‘q qilinmagunga qadar davom etadi”, – deb qo‘shimcha qilgan Erdog‘an.
Avvalroq Erdog‘an Turkiya XXI asrning eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘lishini aytgandi.


