1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erkak ukasining xotiniga shilqimlik qildi

Hozirda u sud hukmi bilan qamoqqa olingan.

Erkak ukasining xotiniga shilqimlik qildi

Maʼlum bo‘lishicha, 37 yoshli erkak 28 iyul kuni soat tungi 23:00 larda Bog‘ot tumani Qorabog‘ mahallasida yashovchi ukasining xotinini o‘z yashash uyida, ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif qilib, unga nisbatan shahvoniy tarzda shilqimlik qilgan.


Sud majlisida ayolning aytishicha, o‘z yashash uyida o‘tirganida, qaynog‘asi o‘zi bilan birga spirtli ichimlik ichishni va o‘zi bilan bo‘lsa rozi qilishini aytib, 100 ming so‘m bermoqchi bo‘lgan. Shundan keyin ayol undan qochib qaynonasining yotoqxonasiga kirib yotganida, o‘sha yerga ham uni taʼqib qilib kirgan.


Sud qarori bilan erkak MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga ushbu modda bilan 5 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика