Tehronni yadro quroli yaratishda asossiz ayblashmoqda. Bu haqda Eron vitse-prezidenti va atom energetikasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy maʼlum qildi.
“Eronda atom bombasi yaratish uchun barcha texnik imkoniyatlar bor, ammo bu bizning kun tartibimizda turgan masala emas. (Yadro qurolini yaratish bo‘yicha) yolg‘on ayblovlar jamoatchilik fikrini chalg‘itish maqsadida Isroil tomonidan tarqatilmoqda”, – degan u.
Bundan tashqari, Islomiy Tehron yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha shartnomaga amal qilayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq Eronda yangi yadro reaktorlari qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.


