1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eronda yadro qurolini yaratish uchun barcha imkoniyat bor

Mamlakat rasmiysi bu haqda maʼlumot berdi.

Eronda yadro qurolini yaratish uchun barcha imkoniyat bor

 

Eron texnik jihatdan yadro quroli yaratishga qodir. Bu haqda Eron Oliy rahnamosi maslahatchisi Kamol Xarroziy maʼlum qildi

 

"Bir necha kun ichida uranni 60 foizga boyitishga muvaffaq bo‘ldik. 90 foiz boyitilgan uranni ham osonlik bilan ishlab chiqarishga qodirmiz. Eronda yadro bombasi yaratish uchun barcha texnik imkoniyat bor, ammo Eron bu bo‘yicha hali qaror qabul qilmadi", — degan u Al Jazeera nashriga bergan intervyusida.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11 mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi.

 

Avvalroq AQSH va Fransiya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Eron yadro dasturini muhokama qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика