1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Eyfel minorasi hajmiday keladigan astroid yer tomon yaqinlashmoqda

To‘qnashuv ehtimoli 2182-yil sentabrga to‘g‘ri keladi.

Eyfel minorasi hajmiday keladigan astroid yer tomon yaqinlashmoqda

 

Joriy yilning dekabr oyida potensional xavfli asteroid 4660 “Nereus” Yerga yaqinlashadi. Bu haqda "Daily Rekord" nashri NASA maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.


Kosmik jismning uzunligi 330 metrni tashkil etadi, uni Parijdagi Eyfel minorasining balandligi (324 metr) bilan solishtirish mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, 4660 “Nereus” boshqa maʼlum bo‘lgan asteroidlarning 90 foizidan kattaroqdir. Obyekt 11 dekabr kuni Yerga yaqinlashadi va 3,9 million kilometr - Yer va Oy orasidagi masofadan o‘n baravar uzoqlikda uchadi.

 

NASA maʼlumotlariga ko‘ra, asteroid sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

 

Xabar qilinishicha, astronomlar teleskoplar yordamida Yerga 500 metr yaqinlikdagi Bennu asteroidini sayyora uchun eng xavflisi deb baholashdi.


Avvalroq Yerga o‘ta xavfli asteroid yaqinlashib kelayotgani, NASA birinchi to‘liq tijorat ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish sanasini maʼlum qilgani hamda Jeff Bezos NASAni sudga bergani haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика