1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi koronavirusiga qarshi to‘liq emlangan

Faqat ayrim kambag‘al davlatlardagina emlash darajasi pastligicha qolmoqda.

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi koronavirusiga qarshi to‘liq emlangan

 

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi koronavirusiga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan maʼlum qildi. 

 

"Agar biz butun dunyo aholisini hisobga olsak, odamlarning yarmidan ko‘pi vaksinaning ikki dozasini olgan", - dedi u COVID vaksinalarini tarqatish bo‘yicha Jahon iqtisodiy forumi sessiyasida.

 

Shu bilan birga, Rayan ayrim hududlarda koronavirusga qarshi emlash darajasi juda past darajada ekanligini taʼkidladi. Shunday qilib, Afrikada qitʼa aholisining atigi 7 foizi emlangan.

 

Uning taʼkidlashicha, COVIDga qarshi vaksinalar adolatli taqsimlanmas ekan, dunyoda koronavirus pandemiyasini to‘xtatib bo‘lmaydi.

 

Avvalroq Osiyo mamlakatlari Omicron shtammining yangi nishoniga aylangani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика