Mazkur saylov uchastkasida 1 ming 850 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha 1 ming 203 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, ularda 16 ming 800 nafar uchastka saylov komissiyalari aʼzolari faoliyat ko‘rsatmoqda. Umumiy saylovchilar soni 2 million 284 ming 519 nafarni tashkil qiladi.
Bundan avval Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov ham saylovda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


