1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Farg‘onada 17 yoshli bola avariyaga uchrab, vafot etdi

04:59 / 31.01.2025

266

Farg‘onada 17 yoshli bola avariyaga uchrab, vafot etdi

Farg‘onada 17 yoshli bola avariyaga uchrab, vafot etdi

U amakisiga tegishli mashinani “pravasiz” boshqargan.

Kecha, 30 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

 

Qayd etilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli “BYD Song EV” rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina jarima maydonchasiga olib ketilayotganda 2007 yilda tug‘ilgan X.N. ustozi A.S.ga tegishli “Damas”rusumli avtomobilda “Qapchug‘ay” mahallasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Oqibatda “Damas” avtomashina haydovchisi X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика