Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onaning Oltiariq tumanida erkak ayol kishini sudrab ketgani va kaltaklagani aks etgan video tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, 27 sentyabr kuni Oltiariq tumani Qapchug‘ay mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan erkak va ayol o‘rtasida kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Taʼkidlanishicha, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


