1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘onadagi avtohalokatda yo‘lovchi jarohatlandi

Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.

Farg‘onadagi avtohalokatda yo‘lovchi jarohatlandi

 

2022-yilning 20-fevral kuni soat 23:30 larda, Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan Y.R. ”Nexia 3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan o‘tgan.

 

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1998 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

 

Oqibatda, K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1993-yilda tug‘ilgan D.S. “сhap son suyagi yopiq sinishi” tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bank xodimasi xizmat vaqtida vafot etgani  hamda Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo‘lgani  haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика