1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

FIFA futbolchilarning kiyinish xonasiga kamera o‘rnatmoqchi

Yozib olingan videolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinadi.

FIFA futbolchilarning kiyinish xonasiga kamera o‘rnatmoqchi

 

FIFA joriy yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida terma jamoalarning kiyinish xonalariga kameralar o‘rnatmoqchi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, tashkilot kiyinish xonalarida bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biroz kechikish bilan translyasiya qilishni rejalashtirmoqda.

 

Kiyinish xonalaridan translyasiya qilish bo‘yicha futbol sport turlari orasida birinchisi emas. Bu ish allaqachon regbida amalga oshirib kelinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qatardagi Jahon chempionati stadioniga alkogol olib kirish taqiqilanishi xabar qilingandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика