1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

Delegatsiyani aeroportda Sport vaziri, Osiyo Olimpiya kengashi vitsi-prezidenti, МОQ birinchi o‘rinbosari va O'FA rahbarlari kutib oldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U mamlakat futboli taraqqiyotiga doir loyihalarni muhokama qilish hamda “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final bahsini stadiondan tomosha qilish uchun kelgani ta’kidlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Tashrif davomida Infantino Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishadi va FIFA hamda O'FA o‘rtasida qo‘shma loyihalar istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti va MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa mutasaddilar kutib oldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика