1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

FIFA Rossiyaga qarshi sanksiyalarni eʼlon qildi

Endi Rossiya hududida hech qanday xalqaro turnirlar o‘tkazilmaydi.

FIFA Rossiyaga qarshi sanksiyalarni eʼlon qildi

 

FIFA o‘z rasmiy saytida Rossiyaga qarshi bir qator sanksiyalarni eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, Rossiya hududida hech qanday xalqaro turnirlar o‘tkazilmaydi. Uy uchrashuvlari neytral maydonlarda va tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

 

Rossiya vakili bo‘lgan delegatsiya har qanday musobaqada Rossiya emas, Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) nomi ostida ishtirok etishi kerak bo‘ladi.

 

Rossiya jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarda Rossiya bayrog‘i yoki madhiyasi ishlatilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, urush sabab Yevropada futbol uchrashuvlari qoldirilishi haqida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика