So‘nggi 24 soat ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatdan so‘ng UEFA prezidenti Ijroqo‘mning navbatdan tashqari yig‘ilishini tashkil etadi. U ertaga bo‘lib o‘tadi. Tashkilot vakillari holatni baholash va barcha kerakli qarorlarni qabul qilishni rejalashtirgan.
Oldinroq Rossiya Premyer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar joriy etilgan favqulodda holat tufayli bekor qilinishi mumkinligi malum bo‘lgandi. Bundan tashqari, bugundan boshlab ayrim hududlardagi aeroportlar 2 martgacha yopilgan.
Shuningdek, Ukrainada harbiy holat joriy qilingani sababli futbol bo‘yicha mamlakat chempionati to‘xtatildi.
Avvalroq, UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi va Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFAni tark etmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


