Finlyandiya keyingi 2-3 yil ichida Rossiya bilan chegaraning janubi-sharqiy qismida devor qurish mumkin. Bu haqda Uutissuomalainen gazetasi respublika chegara xizmatiga tayanib xabar berdi.
Rossiya bilan Finlyandiya chegarasi uzunligi 1300 kilometrni tashkil etadi. Ushbu uchastkaning 10-20 foiziga devor qurish rejalashtirilmoqda. Uning uzunligi 130-260 kilometr bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu to‘siqlar 50 yilgacha xizmat qiladi.
Finlyandiya chegara xizmati rahbari Pasi Kostamovaara bu loyiha davlat byudjetiga bir necha yuz million yevroga tushishi mumkin. Bu mablag‘da devor qurilishi bilan birga unga texnik xizmat ko‘rsatish va zarur infratuzilma yaratish uchun sarflanadi.
Reuters agentligiga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari 17 ming Rossiya fuqarosi Finlyandiya chegarasini kesib o‘tdi. Bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 80 foizga ko‘p. Ayrim kuzatuvchilar bunday faollikni Rossiyada eʼlon qilingan qisman harbiy safarbarlik bilan bog‘lamoqda.
Avvalroq rasmiy Xelsinki rossiyalik turistlarni mamlakatga kirishini butunlay cheklamoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


