1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlyandiya rossiyaliklar uchun eshiklarini butunlay yopmoqchi

Mamlakat TIV rahbari bu bo‘yicha yangi tartib ishlab chiqilishini maʼlum qildi.

Finlyandiya rossiyaliklar uchun eshiklarini butunlay yopmoqchi

 

Rossiyalik turistlarning Finlyandiyaga kirishi butunlay taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto maʼlum qildi.

 

“Bugun biz ushbu turistlar oqimini to‘xtatish masalasida umummilliy qaror ishlab chiqishga qaror qildik va bu tartib qonunchilikka kiritilishi mumkin”, – degan diplomat Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Finlyandiyada odatiy sayohat qiladiganlar mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaydi. Ammo rossiyaliklar bilan bog‘liq vaziyatda maʼnaviy va axloqiy prinsiplar mavjud.

 

“Rossiya Ukrainaga qarshi qurolli agressiya uyushtirgan paytda rossiyaliklarning Finlyandiya va Yevropaning boshqa qismlariga odatiy tashriflarida hech qanday axloqiy asos mavjud emas”, – deb taʼkidlagan Xaavisto.

 

TIV rahbari vizasi bo‘lgan Rossiya fuqarolariga ham mamlakatga kirish taqiqlanishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Sentyabr boshlarida YEI davlatlari Rossiya bilan soddalashtirilgan viza berish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘ydi. Shengen olish muddati cho‘zilgan, unga to‘lovlar oshirilgan. RF bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarga ega milliy darajada rossiyaliklar kirishini taqiqlashga ruxsat berildi. Polsha va Boltiq davlatlari bu huquqdan foydalanishni boshlagan.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика