1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya  ishlab chiqargan suvosti kemasi  2038 yilga borib dengizga tushgan bo‘lardi — Skott Morrison

Avstraliya bosh vaziri nima uchun Fransiya suvosti kemalarini sotib olmaganiga izoh berdi.

Fransiya  ishlab chiqargan suvosti kemasi  2038 yilga borib dengizga tushgan bo‘lardi — Skott Morrison

 

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison nima uchun Fransiya bilan suvosti kemalari shartnomasi bekor qilinganini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma “jiddiy muammolar”ga ega bo‘lgan. Uning bekor qilinishiga asosiy sabablardan biri loyihaning amalga oshirilishidagi ko‘plab to‘xtalishlar va o‘sib borgan xarajatlar bo‘lgan.

 

“Ushbu shartnoma asosida ishlab chiqarilgan suvosti kemasi faqat 2038 yilga borib dengizga tushgan bo‘lardi. Yaʼni u suvga tushishi bilan eskirgan bo‘lar edi”, – degan Morrison.

 

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Avstraliya har doim atom suvosti kemalariga ega bo‘lishni xohlagan. U, shuningdek, boshqa davlatlardan shu turdagi texnikani sotib olishni sentyabrda emas, balki 18 oy oldin o‘ylaganini taʼkidladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2021 yil sentyabrda Avstraliya Fransiya bilan 66 milliard dollarlik suvosti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qildi. Bunga AQSHning Kanberraga atom suvosti kemalarini yetkazib berishga kelishib olgani sabab bo‘ldi.

 

Bundan avval Yevropa Ittifoqi Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi muzokaralarni kechiktirgani  hamda Fransiya YEIning Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика