1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya YeIning Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqdi

Fransiya YeIning Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqdi, deya xabar bemoqda “Politico”.

Fransiya YeIning Avstraliya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi taklifiga qarshi chiqdi

 

Fransiya TIV davlat kotibi Kleman Bonning so‘zlariga ko‘ra, "Vaʼdasining ustidan chiqish — demokratik davlatlar va ittifoqchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch garovi sanaladi. Madomiki shunday ekan, ishonchni yo‘qotgan davlat bilan erkin savdo to‘g‘risida kelishishdan hech qanday maʼno yo‘q". Fransiya Avstraliyaning suvosti kemalari bo‘yicha 56 milliard yevrolik kelishuvni bekor qilishi sababli shunday bayonot berdi.

 

 Yevropa Komissiyasi YeI aʼzolari nomidan istalgan savdo muzokaralarini olib borish huquqiga ega. Ammo uning Parij qaroriga ochiq qarshilik qilishi ehtimoli kam.

 

Yevropa Parlamenti Xalqaro savdo bo‘yicha qo‘mita boshlig‘i Bernd Lange fikricha, Fransiyaning Avstraliya bilan nizosi Kanberra bilan erkin savdo masalasini murakkablashtirgan. Bu Yevropaning boshqa davlatlari, xususan, Germaniya iqtisodiy manfaatlariga ham putur yetkazmoqda. Masalan, AUUKUS tuzilishi Germaniyaning Atlas Electronic kompaniyasiga taʼsir etgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 16-sentabr kuni AQSH Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, uch tomonlama kiberxavfsizlik, flot va boshqa sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Avstraliyaga atom suvosti kemalari beriladi. Bunga javoban Xitoyning AQSHdagi elchisi Vashingtondan sovuq urush davrini eslatadigan fikrlardan voz kechishni talab qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya Vashington va Parijdagi elchilarini chaqirib olgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика