2025-yil 26-avgust kuni Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada o‘tgan mavsumning mutlaq g‘olibi BMB jamoasi hamda chempionatda ikkinchi o‘rin va Kubok finaliga chiqqan “Oil Star” klubi kuch sinashadi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun bir qator futbol afsonalari yurtimizga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular orasida braziliyalik Ronaldino va portugaliyalik Luis Figu kabi jahon miqyosidagi yulduzlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, BMB jamoasi o‘tgan mavsumda chempionat va mamlakat Kubogida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Oil Star” klubi chempionatda ikkinchi o‘rinni egallab, Kubok bahsining finaliga qadar yetib kelgan.


