1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

U19 toifasidagi musobaqaning final bahslari 10–11 avgust kunlari o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha U19 Osiyo chempionatida yarim final bellashuvlari yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasidan 10 nafar bokschi, 4 nafar qizlar va 6 nafar yigitlar final bosqichiga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Janglardan so‘ng Abdurahmon Mahmudjonov, Maftuna Yangieva va Ruxshona Parpieva o‘z vazn toifalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ular qiyin raqiblarga qarshi bahslashib, terma jamoamiz umumiy medal hisobini boyitdi.

 

Avvalroq O‘zbekistonning U22 terma jamoasi ham Osiyo chempionatida katta muvaffaqiyatga erishib, 14 nafar bokschisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Bu natija mamlakatimiz boks maktabining yoshlar o‘rtasidagi kuchli salohiyatini yana bir bor ko'rsatadi.

 

Final bellashuvlari 10–11 avgust kunlari o‘tkaziladi. O‘zbekistonlik bokschilar oltin medal uchun Tailand, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa kuchli boks maktabiga ega davlat vakillari bilan ringga ko‘tariladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика