1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Gandbolchi qizlarimiz tarixiy g‘alabaga erishdi

Shu kunlarda Ispaniyada gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Gandbolchi qizlarimiz tarixiy g‘alabaga erishdi

 

Ushbu nufuzli musobaqada 24 yillik tanaffusdan so‘ng yana ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining uchta o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchragan edi. Shu sababli endi gandbolchi qizlarimiz 25-32-o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

 

Kecha tunda jamoamiz 25-32-o‘rinlar uchun kechayotgan guruh bosqichining ilk uchrashuvida Eron terma jamoasiga qarshi parketga tushdi. Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechgan bahsda hamyurtlarimiz 37-32 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

Bu qizlarimizning jahon chempionatlaridagi tarixiy g‘alabasi sifatida qayd etildi. Ushbu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Afrika qitʼasi vakillari – Angola va Kamerun terma jamoalari to‘qnash kelishdi va unda angolalik qizlar 35-24 hisobida g‘alabaga erishdi.

 

Endi gandbolchilarimiz 11 dekabr kuni to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda autsayder bo‘lib turgan Kamerun terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

 

Avvalroq gandbolchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishi va xalqaro kosmik stansiyada ilk bor sport musobaqasi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика