G‘arb davlatlari BMTda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni taklif qilmayapti. Bu haqda Reuters tashkilotdagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Bunga sabab BMTda tobora ko‘proq davlatlar Moskvani tanqid qilishdan bosh tortmoqda. Tashkilotning mustaqil Xalqaro inqiroz guruhi direktori Richard Gouenning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy harakatlar cho‘zilishi ortidan Rossiyaga qarshi samarali qarshilik qilish yo‘llari tobora kamaymoqda.
Masalan, iyun oyida Yevroittifoq RFdagi inson huquqlari buzilishi holatlari bo‘yicha BMT ekspertini tayinlash rejasini ishlab chiqqan. Ammo manbalarning maʼlum qilishicha, bu fikrdan voz kechishgan. Yevropa BMTning Jenevadagi inson huquqlari kengashi aʼzolari bunga qarshilik qilishidan xavotir bildirgan.
Avvalroq Yevropaning yirik davlatlari Kiyevga harbiy yordam berishni kamaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


