1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

G‘arb Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ko‘rib chiqmoqda

Navbatdagi cheklovlar neft sanoatiga nisbatan joriy etilishi mumkin.

G‘arb Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ko‘rib chiqmoqda

 

AQSH va uning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiya neft sanoatiga yangi sanksiyalar joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi amaldorlari Yevropada uchrashuvlar olib bormoqda. Ular RF neft mahsulotlariga kelajakda joriy etiladigan cheklovlarni muhokama qilyapti. Restriksiya 5 fevraldan kuchga kiradi.

 

Nashr manbalari neft mahsulotlari chegara narxiga ikki xil cheklov kiritilishini aytgan. Ularning birinchisi qiymati baland bo‘lgan eksport tovarlari, xususan dizelga taalluqli bo‘lsa,ikkinchisi narxi past bo‘lgan mahsulotlarga joriy etiladi.

 

Avvalroq neft narxiga qo‘yilgan chegara narxlar tufayli Rossiya kuniga qancha zarar ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика