YеIning Rossiya nefti narxiga qo‘ygan chegarasi va sanksiyalar oqibatida Moskva kuniga 160 million yevro yo‘qotmoqda. Bu haqda energetika va toza havo tadqiqotlari markazi (CREA) xabar berdi.
G‘arb cheklovlari oqibatida RF neft xomashyosini qazib olishni 32 foizga qisqartirgan. 5 fevralda kuchga kiradigan qo‘shimcha jazo choralari ortidan kunlik zarar 280 million yevrogacha oshadi.
Shu bilan birga, daromadlar qisqarganiga qaramay, har kuni Moskva qazib olinadigan yonilg‘i hisobiga 640 million ishlab olmoqda.
CREA maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya neft xomashyosiga qo‘yilgan chegara narxlar doirasida 3.1 milliard yevro daromad oldi. Uning 2 milliardi soliq sifatida belgilanib, byudjetga yo‘naltirilgan.


