1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Garri Potter kinokartinasi 20 yillik yubileyini maxsus epizod bilan nishonlaydi

Ushbu kino asarining yaratuvchisi “HBO Max” Yangi yil arafasida maxsus shou qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Garri Potter kinokartinasi  20 yillik yubileyini maxsus epizod bilan nishonlaydi

 

Yubiley barcha davrlarning eng sevimli franchayzasini yaratish ortidagi hayajonli voqeani aytib berishdan boshlanadi.

 

Unda Garri Potter haqidagi filmlarning yetakchi qahramonlari Deniyel Radkliff, Emma Uotson, Rupert Grint va turkum filmlarda ishtirok etgan boshqa aktyorlar, shuningdek, kinoning birinchi tasmasida  rejissyori Kris Kolumb ishtirok etadi

 

Dasturni suratga olish ishlari Londonda bo‘lib o‘tadi.

 

8 ta filmdan iborat Garri Potter turkumi “Warner brothers” tomonidan ingliz yozuvchisi J.K.Roulingning kitoblari asosida suratga olingan. Birinchi film “Garri Potter va sehrgarning toshi” 2001 yil 16 noyabrda kinoteatrlarda chiqa boshlaydi. Yakuniy film “Garri Potter va o‘lim bazmlari” bo‘lib, 2011 yilda ekranlarga chiqqan.  Shundan so‘ng Roulingning xuddi shu nomdagi kitobi asosida asardan oldingi voqealar haqida yana 2 ta film suratga olinadi.

 

“Garri Potter” aktyorlari “Garri Potter va Sehrgar tosh” nomli birinchi film qismidan ham parcha ijro etishadi.

 

Bundan tashqari, “Garri Potterning 20 yilligida “Xogvartsga qaytish” filmining premyerasi 2022 yilning 1 yanvarida bo‘lishi,  yangi intervyular,  aktyorlar bilan suhbatlar rejalashtirilgan.

 

Bo‘lajak maxsus epizodning ishtirokchilari: bosh rollar ijrochilari - Daniyel Radcliffe, Emma Uotson va Rupert Grint va birinchi ikkita filmning rejissyori Kris Kolumbdir. Shouda Tom Felton, Jeyms va Oliver Felps, Bonni Rayt, Metyu Lyuis, Imelda Staunton, Helena Bonem Karter va boshqa aktyorlar ham ishtirok etadi.

 

Maʼlumot uchun: 2020 yil oktabr oyida London markazida Garri Potter haykali o‘rnatildi. Yodgorlik “Lester” maydonida joylashgan. Asar polshalik haykaltarosh Anjey Shimchikka tegishli.

Garri Potter haqidagi birinchi kitob esa 1997 yilda nashr etilgan va yosh sehrgar haqidagi 7 ta hikoyadan iborat bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Jahon kinosidagi mashhur kinoo‘g‘irliklar haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика