
Xarajatlarning eng katta qismi harbiylar taʼminotiga to‘g‘ri kelgan.
“2001-2021 yillarda Afg‘onistondagi operatsiyalarga qo‘shimcha 12.3 milliard yevro sarflangan. Bu asosan harbiy missiyaning kengaytirilishi tufayli bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Germaniya TIV turli loyihalarga 2.48 milliard yevro ajratgan. Ammo bu xarajatlar TIV xodimlari taʼminoti va amaliyotlarini o‘z ichiga olmaydi. Bundan tashqari Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot masalalari vazirligi Afg‘onistonga 2.46 milliard yevro, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi 33 million yevro mablag‘ ajratgan.
Ushbu hisobotda Germaniya razvedkasi xarajatlari qayd etilmagan. Germaniya hukumatining maʼlum qilishicha, bu turdagi maʼlumotlarni oshkor qilish razvedka xizmatining faoliyatiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin.
Germaniya Afg‘onistondagi ishtirokini 2021 yil iyunida yakunladi. So‘nggi yillarda Afg‘oniston hududida mingga yaqin nemis harbiylari bo‘lgan. Ularning aksariyati harbiy maslahatchi vazifasini bajargan.
Bundan avval Rossiya TIV Afg‘onistonga asosiy yordamni AQSH berishi lozimligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Afg‘onistonda qancha bola to‘yib ovqatlanmasligi xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


